Jizzax shahar hokimining birinchi o‘rinbosari qo‘lga olindi
DXX Jizzax viloyati boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorlikda tadbir o‘tkazdi.
Unda Jizzax shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi shaxs pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda «Yoshlar» telekanali efirida xabar berilgan.
U tadbirkorga shahardagi ijtimoiy soha ob’yektlarida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash bo‘yicha tender savdolariga yordam berish evaziga ikki ming dollar miqdorida mablag‘ talab qilgan.
Mansabdor 6 may kuni ikki ming dollarni o‘zi boshqaruvidagi «Gentra» mashinasining orqa yuk xonasiga tashlab qo‘ygan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan JKning 210-moddasi ikkinchi qismi «v» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter