Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noma’lum erkak Ukraina Vazirlar Mahkamasini portlatish bilan tahdid qildi

Noma’lum erkak Ukraina Vazirlar Mahkamasini portlatish bilan tahdid qildi

Foto: 24tv.ua

Qo‘lida granata bo‘lgan noma’lum erkak Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosiga kirib, uni portlatish bilan tahdid qildi. 

«Interfaks Ukraina» axborot agentligiga ko‘ra, tegishli video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan. Bu ma’lumotni Kiyev politsiyasi tasdiqladi. «Ha, shunday chaqiruv bo‘ldi, huquq -tartibot idoralari xodimlari hodisa joyida ishlamoqda», — deyiladi poytaxt bosh politsiya idorasi ma’lumotida.

Vazirlar Mahkamasi apparati nima bo‘layotgani haqida hech qanday izoh bermagan, Ichki ishlar vazirligi va politsiya bu masala bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik odatdagidek bo‘layotgani ma’lum qilindi. 

Ayni damda politsiya erkak bilan muzokaralar olib bormoqda. Hodisaning to‘liq tafsilotlari tez orada e’lon qilinishi aytilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring