Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

Foto:UzNews.uz

Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bu boradagi tegishli qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatga binoan, kodeksning 52 modda birinchi qismiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilgan:

«Himoyachidan voz kechish jarayoni majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etiladi, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi».

Shuningdek, kodeksning 91 moddasi tahririga ko‘ra quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi belgilanmoqda:
— o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish;
— tintuv;
— ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish;
— tergov eksperimenti;
— ushlab turish;
— himoyachidan voz kechish;
— shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish.

Shu bilan birga, kodeksning 224 moddasiga muvofiq, shaxsni yalong‘ochlash bilan bog‘liq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish taqiqlanadi.

Muhokama joriy yilning 7 fevraliga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring