Jinoyat kodeksiga huquqbuzarlikka jazoni yengillashtiruvchi band kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Hujjat loyihasiga muvofiq, Jinoyat kodeksining 182-moddasi – Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish huquqbuzarligiga jazoni yengillashtiruvchi band kiritilishi mumkin.
Unga ko‘ra, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida, ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy bojxona to‘lovlarini, shu jumladan bojxona to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyani to‘liq to‘lagan, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplagan va tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Lekin, bunda olib o‘tilishi cheklangan va taqiqlangan tovarlar bilan bog‘liq hollar bundan mustasno ekanligi qayd etilgan.
Muhokama joriy yilning 21 fevraliga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter