Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jiddiy tahdid»: Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketa uchirdi

«Jiddiy tahdid»: Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketa uchirdi

CNN telekanali AQSh ma’muriyatidagi yuqori lavozimli amaldorga asoslanib, Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketani uchirganini ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, bu haqda tegishli ma’lumotlar mavjud va ular AQSh razvedka hamjamiyati vakillari tomonidan o‘rganilmoqda.

Shu bilan birga, Amerika razvedkasi hali raketalarning turini, shuningdek ularning uchish masofasini aniqlamagan.

Oldinroq Yaponiya Shimoliy Koreyaning ballistik raketasini uchirishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, Yaponiya hukumati bu harakatlarni «dunyo hamjamiyati uchun jiddiy tahdid» degan fikrni bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh tomoni bir oy mobaynida KXDR bilan bog‘lanish yo‘llarini topa olmaganini bildirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring