JCh-2018. Argentina va Messi uchun so‘nggi imkoniyat. Bugungi o‘yinlar anonsi
Bugun, 26-iyun kuni Jahon chempionatining «C» hamda «D» guruhida 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Dastlab, «C» guruhida Daniya va Fransiya, Avstraliya hamda Peru o‘zaro bahs olib boradi. Ikkala uchrashuv ham 19:00 da boshlanadi.
Guruhdagi vaziiyat deyarli oydinlashib qolgan: Fransiya 6 ochko bilan guruhda peshqadam. Daniyada 4 ochko mavjud. Avstraliya 1 ochko bilan uchinchi o‘rinda. Peru ochko yig‘a olmagan.
«C» guruhi. 26-iyun
19:00. Daniya — Fransiya
19:00. Avstraliya — Peru
«D» guruhida esa vaziyat ancha chigal ko‘rinishga ega. Birgina Xorvatiya muddatidan avval pley-off masalasini hal qilgan. Shuningdek, qolgan uch jamoada ham ikkinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun imkoniyat saqlanib qolgan.
Messi va Argentina so‘nggi imkoniyatga ishga solib, Nigeriyaga qarshi maydonga tushadi. Afrika jamoasida ham imkoniyat saqlanib turgani bois, bahs o‘ta keskin ko‘rinish olishi turgan gap.
Islandiya esa pley-off yo‘llanmasini hal etgan Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi. 3-turda xorvatiyaliklarning zaxira tarkibi bilan maydonga tushirilishi mumkin. Bu esa Islandiyaning imkoniyatlarini oshiradi. Ikki o‘yin ham 23:00 da boshlanadi.
«D» guruhida Xorvatiya 6 ochko jamg‘argan. Nigeriyada 3 ochko bo‘lsa, Islandiya va Argentinada 1 ochkodan mavjud.
«D» guruhi. 26-iyun
23:00. Nigeriya — Argentina
23:00. Islandiya — Xorvatiya
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter