Javohir Siddiqov yana «Paxtakor»ga qaytdi
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Javohir Siddiqov ijara asosida «Paxtakor»ga o‘tdi.
22-fevral kuni «Qo‘qon-1912» jamoasi futbolchilari Toshkentda normativ topshirishdi, unda Siddiqov qatnashmadi. Kunning ikkinchi qismida esa futbolchi «sherlar» jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Tribuna.uz».
22 yoshli ushbu futbolchi «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016-yilda ijara asosida «Qo‘qon-1912» jamoasiga o‘tgandi, keyinchalik qo‘qonliklar futbolchining transfer huquqini sotib olishgandi.
Osiyo Kubogidagi ishtirokidan keyin Siddiqovga xorij klublaridan ham takliflar bo‘lgandi, ammo u OChL yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgach, «Paxtakor» taklifini qabul qilgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter