Janubiy Koreya dunyodagi eng yirik konteyner tashuvchisini qurdi
Janubiy Koreyaning «Samsung Heavy Industries» mashinasozlik kompaniyasi jahondagi eng yirik konteyner tashuvchisini qurdi. Bu haqda «Maeil Business Newspaper» nashri kompaniya vakillariga asoslanib xabar berdi.
Konteyner tashuvchisiga 20 funtlik konteynerlardan 23 mingtasi sig‘adi.
«Shveysariyaning «MSC» («Mediterranean Shipping Company») kemachilik kompaniyasidan 2017-yil sentyabrida 23 mingta konteyner sig‘adigan oltita kemaga buyurtma olganmiz, shulardan birinchisi tayyor bo‘ldi», — deyiladi «Samsung Heavy Industries» ma’lumotida.
«MSC GULSUN» nomi berilgan ushbu kemaning uzunligi 400 metr, eni 61,5 metr, balandligi 33,2 metr. Kema o‘z bortiga bir yo‘la 23 756 tagacha 20-funtli konteynerlarni sig‘dira oladi.
Ma’lumot uchun: Janubiy Koreyaning «Samsung Heavy Industries» kemasozlik kompaniyasi oldin ham ko‘p marta birinchi bo‘lgan — 1990-yili 6 200, 2000-yili 7 700, 2002-yili 8 100 konteynerlik kemalar qurgan. 2004-yili 12 minglik bosqich egallandi, 2015-yili esa Yaponiyaning «MOL» kompaniyasidan 21 ming konteynerlik kemaga buyurtma olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter