Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janjal alamini avtomashinadan oldi

Janjal alamini avtomashinadan oldi

Foto: Tergov departamenti

Qo‘shnisi bilan kabutar ustida yuzaga kelgan janjal alami jinoyat qilishga yetakladi.

2022 yil 6 fevraldan 7 fevralga o‘tar kechasi soat 02:58 da noma’lum shaxs Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani «A.Donish» ko‘chasidagi 78-uy oldida turgan 37 yoshli B.F.ga tegishli «Lacetti» rusumli avtomashinasiga tez yonuvchan yoqilg‘i sepib, avtomashinani yoqib yuborib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 173-modasi 2-qismi «b» bandi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumanida yashovchi 33 yoshli R.A. va 45 yoshli Ya.A.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, R.A. bir ko‘chada yashovchi jabrlanuvchi B.F. bilan bir necha kun oldin o‘zaro kabutar ustida janjallashganligi, shundan so‘ng shu kuni tanishi Ya.A. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda tungi soat 2:50 larda 42.000 so‘m evaziga 5 litr hajmdagi yelim idishga benzin yoqilg‘isi sotib olib, B.F.ning uyi oldida turgan avtomashina ustiga yoqilg‘i sepib yoqib yuborganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring