Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahondagi eng boy insonlardan birining vorisi ma’lum bo‘ldi

Jahondagi eng boy insonlardan birining vorisi ma’lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

Uorren Baffetning o‘rniga tadbirkor Greg Abel Berkshire Hathaway investitsiya xoldingi bosh direktori etib saylandi. Direktorlar kengashi Abel nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi Reuters.

Greg Abel 2026-yilning 1-yanvaridan ushbu fond asoschisi hamda afsonaviy sarmoyador Baffetning o‘rnini egallaydi. Direktorlar kengashining sug‘urtalanmaydigan amaliyotlar bo‘yicha rais o‘rinbosari Greg Abelning nomzodini Baffetning o‘zi taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 94 yoshli Uorren Baffet 60 yillik faoliyatidan so‘ng kompaniya bosh direktorligidan ketishini e’lon qilgandi.

Uorren Baffet Berkshire Hathaway direktorlar kengashi raisligida qoladi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, u jahondagi eng boy insonlardan biridir. 2025-yilning 5-may holatiga, uning boyligi $159,6 mlrd.ga baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring