Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempionatiga hozirlanayotgan Qatarga fotosayohat

Jahon chempionatiga hozirlanayotgan Qatarga fotosayohat

Osmono‘par binolar — Qatar ramzlaridan biri. Amirliklar izidan yo‘l olgan qatarliklar ham cho‘llarda qimmat-qimmat uylar qurishyapti — butun dunyo ko‘rib qo‘ysin, ular qanchalik boy!

Foto: Yevgeniy Zolotuxin

Yevgeniy Zolotuxin — jahongashta, havaskor jurnalist. Xorijda ko‘rgan-kechirganlarini suratga olib, izohlari bilan internetga joylab boradi. Yaqinda u Qatarga sayohati, poytaxt Dohada olgan suratlarini odatdagidek internet ahli bilan baham ko‘rdi (suratlar bir necha oy oldin olingan, izohlar — muallifniki).

Neft va gaz sababli bu yerda pul daryo bo‘lib oqadi. Mitti mamlakat sayyoramizdagi eng yirik zaxiralardan biriga ega. Qatar istagan narsasini o‘ziga ravo ko‘ra oladi, hatto shunday mo‘’jaz va boy mamlakatda hali hech qachon o‘tkazilmagan futbol bo‘yicha jahon chempionati mezbonligini ham.

Qatarda bir nechta shahar bor, biroq Doha — eng asosiysi. Eng ko‘p aholi poytaxtda yashaydi, Doha, ta’bir joiz bo‘lsa, mundial uchun qaytatdan qurilmoqda.

Osmono‘par binolar — Qatar ramzlaridan biri. Amirliklar izidan yo‘l olgan qatarliklar ham cho‘llarda qimmat-qimmat uylar qurishyapti — butun dunyo ko‘rib qo‘ysin, ular qanchalik boy!

Deyarli barcha qurilishlarga butun dunyodan eng dong‘i ketgan me’morlar jalb etilgan. Chunki hammasi eng-eng bo‘lishi shart.

Masalan, suratdagi mana bu muzeyni Parijdagi Luvr shisha minorasining muallifi arxitektor Bey Yuymin qurgan.

Qatarning yo‘llarini shunchaki yaxshi deyish xato, juda a’lo. Mamlakat hududi kichik, ajoyib yo‘llarning uzunligi esa ming kilometr chiqadi.

Bu yerda faqat avtoyo‘llarda harakatlanish mumkin, yayov yurishdan zavq olmaysiz. Chunki piyodalar uchun hatto oddiy yo‘laklar ham ko‘zda tutilmagan.

Piyoda yurishning yana bir qiyinligi — Qatar juda issiq mamlakat, erta tongdan harorat 35 darajadan yuqorilashni boshlaydi. Binolar o‘rtasidagi masofa ancha uzun.

Umuman olganda, Doha ko‘chalari kunduzi huvillab yutadi, odamlarni deyarli uchratmaysiz.

Ba’zi-ba’zida ko‘chalarda kambag‘al mamlakatlardan kelgan, Qatarni mundialga hozirlayotgan ishchilarni uchratasiz. Ular kechayu-kunduz ish bilan band, maoshi esa unchalik emas.

Hammayoqda qurilish va hozirlik avjida.

Ba’zida Qatarda eng ommalashgan mashina «Mersedes» yuk mashinalarimikan, degan xayolga borasiz. Qurilishga yuk, qaytishida chiqindi ortgan og‘ir «mers»larga har joyda ko‘zingiz tushadi.

Qatarliklar o‘z qimmatbaho mashinalarida shaxsiy haydovchisi bilan, xorijliklar taksida yurishadi.

Shaharda avtobus ham bor. Kun bo‘yi bo‘m-bo‘sh bo‘lsa ham, ularning keti uzilmaydi. Chunki bu yerda yonilg‘i suvdan arzon.

Doha markazidagi deyarli hamma binolar bir tomchi suvdek o‘xshash. Ularda vazirliklar va ofislar joylashgan.

Yo‘l belgilari o‘ziga xos...

Qatarda bog‘lar ko‘p, biroq sayr qilib yurganlarni ko‘rmaysiz. Faqat ishchilar... uzzukun hammayoqni saranjomlash bilan ovora.

Qatarda katta va kichik masjidlar juda ko‘p.

Quyidagi fotoda qaysidir taniqli me’mor katta pulga qurib bergan original bino.

Bu esa eski shahar, to‘g‘rirog‘i, qaytadan qurilgan eski shahar.

Hammayoq yog‘ tomsa yalagudek, biroq arab ertaklari tarovatini sezmaysiz. Bitta gard tushsa ham qancha odam ovora, yaltiratib tozalab qo‘yishadi. Sal oshirib yuborishgandek.

Bu esa an’anaviy me’morchilik namunasi.

Odatiy manzara. Qatarda borsangiz eng ko‘p ko‘radiganingiz shu.

Ehtimol, Qatarda jahon chempionati boshlanishiga hammasi qurib bitkazilsa, hammasi o‘zgarib ketar. Hozircha esa shu.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring