Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempionati yarim finaliga eng ko‘p qaysi davlat vakillari yo‘llanma oldi?

Jahon chempionati yarim finaliga eng ko‘p qaysi davlat vakillari yo‘llanma oldi?

Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatining chorak final bahslari yakunlandi va kamida bronza medalini naqd qilgan bokschilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 9 nafar bokschi bilan yarim finalga qadar yetib keldi. Kuba va Rossiya 6 nafar, Qozog‘iston esa 5 nafar bokschi bilan final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Yarim finalchilarga ega mamlakatlar ro‘yxati:

O‘zbekiston - 9
Kuba, Rossiya - 6
Qozog‘iston - 5
Fransiya, Gruziya, Hindiston, Ispaniya - 3
Armaniston, Ozarbayjon, Braziliya, Mo‘g‘uliston - 2
Xitoy, Italiya, Iordaniya, Qirg‘iziston, Meksika, Tojikiston - 1

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring