Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jabrlangan ayollarga himoya orderi beriladi

Jabrlangan ayollarga himoya orderi beriladi

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror bilan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unga ko‘ra, himoya orderi ichki ishlar organlarining tayanch punkti profilaktika inspektori tomonidan berilish belgilangan.

Qayd etilishicha, himoya orderi jabrlangan ayollarning murojaati va shu xususdagi jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari asosida taqdim etiladi.

Shuningdek, jabrlangan xotin-qizlar va zo‘ravon shaxslar haqidagi ma’lumotlar Davlat statistika qo‘mitasining yagona elektron ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring