Italiya sobiq bosh vaziri Putin tug‘ilgan kuniga boradi
Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni do‘sti Vladimir Putinning tug‘ilgan kuniga borishini ma’lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin 7-oktabr kuni 66 yoshni qarshi olishini aytgan edi.
Rossiya rahbarining tug‘ilgan kuni yaqinlari, qarindoshlari va do‘stlari davrasida nishonlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Silvio Berluskoni shu yil 29-sentabr kuni 82 yoshni qarshi olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter