Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-park rezidentlari uchun imtiyozlar uzaytiriladi

IT-park rezidentlari uchun imtiyozlar uzaytiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Farmonga  ko‘ra, 2028 yil 1 yanvardan 2040 yil 1 yanvargacha quyidagi mezonlardan biriga to‘g‘ri keladigan IT-park rezidentlari uchun Prezident Farmonida belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi (QQS bundan mustasno):

  • kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar;
  • kalendar yil davomida 18 yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizdan ortiq qismi IT-park rezidenti bo‘lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar.

2025 yil 1 apreldan OTMlarning axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga ham “IT-visa” beriladi.

2028 yil 1 yanvargacha Raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring