Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-Park IT-kompaniyalarining soliq, bojxona va investitsiya sohasidagi muammolarini o‘rganishga kirishdi

IT-Park IT-kompaniyalarining soliq, bojxona va investitsiya sohasidagi muammolarini o‘rganishga kirishdi

Foto: IT-Park

IT-Park IT kompaniyalari uchun soliq, bojxona, investitsiya sohasidagi muammolarni, shuningdek, ichki va tashqi bozorda dasturiy ta’minotni joriy etish, davlat idoralari bilan o‘zaro aloqa va boshqalarni o‘rganish uchun so‘rovnoma tayyorladi. So‘rovnomadan o‘tish uchun nafaqat IT-Park rezidentlari, balki butun O‘zbekiston IT-hamjamiyati taklif etilgan.

So‘rovdan maqsad – O‘zbekistonda IT-sanoatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan barcha to‘siqlarni aniqlash hamda qonun hujjatlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, IT-kompaniyalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Olimjon Umarov, shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkaziladi. To‘siqlarni bartaraf etish va IT-kompaniyalar uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi.

So‘rovnomani quyidagi havola orqali to‘ldirish mumkin: https://clck.ru/Y3q3Z

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring