Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

It o‘layotgan bolaning qo‘liga panjasini qo‘ydi va uni davoladi

It o‘layotgan bolaning qo‘liga panjasini qo‘ydi va uni davoladi

Foto: «Lenta.ru»

Angliyaning Sautgempton shahrida yashovchi Zoi Relfning so‘zlariga ko‘ra, miya operatsiyasidan so‘ng mahalliy shifoxonaning jonlantirish bo‘limida yotgan 3 yoshli o‘g‘li Leo laqabli it tufayli sog‘ayib ketgan. G‘aroyib voqeani «Lenta.ru» e’lon qildi.

Oskar Xaskell ismli bolakay o‘tkir tarqoq ensefalomiyelit — noyob miya kasalligi bilan og‘rib, kundan-kunga ahvoli yomonlashaverganidan jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘lgan. U tashqi omillarga sekin-asta ta’sirlanmay qo‘ygandi. Shifokorlar onasini har qanday vaziyatga tayyor turishdan ogohlantirishdi.

Tibbiyot xodimlari chorasiz qolgan onaga o‘lim bilan olishayotgan o‘g‘lini uy hayvonlari yordamida davolashni taklif etishdi va tillarang retriver zotli Leo laqabli itni bola yotgan palataga olib kelishdi. Shifokorlarning maslahati bilan, mushtipar ona bola bilan gaplashishga urindi, tuzalganidan so‘ng unga kuchukcha sovg‘a qilishni va’da berdi. It panjasini bolakayning qo‘liga qo‘yganda operatsiyadan keyin tezlashib qolgan puls birdan me’yorlashgan.

«Naqadar ajoyib! Shifokorlar ho‘ng-ho‘ng yig‘lashdi, bu mo‘’jizaning o‘zginasi edi. Bolaning yuzida harakatdan asar ham qolmagandi, u miq etmay qimirlamay yotardi. Birdan chehrasiga tabassum yugurdi», — deb eslaydi Relf. Shunga ham to‘rt yil bo‘libdi. Hozir Oskarning ahvoli ancha yaxshi. Onasi bo‘lib o‘tgan voqeani endi gapirib berishga ahd qilgan ko‘rinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring