Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda 61 kunga yetadigan suv qoldi

Istanbulda 61 kunga yetadigan suv qoldi

Turkiyaning Istanbul shahrini suv bilan ta’minlovchi suv omborlarida bor-yo‘g‘i ikki oylik suv qoldi. Agar qurg‘oqchilik davom etsa, vaziyat keskinlashadi, deb xabar bermoqda NTV telekanali.

«Shunday qilib, shaharda 91 kunlik suv zaxirasi bor, lekin 25 foizi bug‘lanishini hisobga olsak, zaxira 61 kungina davom etadi», — deyiladi telekanal xabarida.

Istanbul suv resurslari va kanalizatsiya boshqarmasi (İSKİ) ma’lumotlariga ko‘ra, 16 avgust, chorshanba holatiga ko‘ra, suv havzalarini to‘ldirish darajasi 33,37 foizga yetgan. Bu 289 million kub metrdan ortiq suv hisoblanadi. Shu bilan birga, so‘nggi ikki hafta ichida shaharda kuniga 3 milliondan 3,5 million kub metrgacha suv iste’mol qilingan.

Iyul oyi oxirida Istanbulda suv ta’minoti keskin pasaygani ma’lum bo‘ldi. Bir hafta davomida ko‘rsatkich ikki foizga kamaydi, ya’ni normaning 40 foizini tashkil etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat 2014 yilning o‘zidayoq suv omborlari 17 foizga to‘ldirilgan bo‘lsa, keyingi sakkiz yilda bu ko‘rsatkich 52 foizdan pastga tushmagan. O‘tgan avgust oyida suv omborlari 62 foizga to‘lgan.

10 ta eng katta suv omborining yarmi deyarli sayoz: ular ikki foizdan kam to‘lgan. Suv zaxiralarining 80 foizdan ortig‘i hozir uchta suv omborida – Omerli, Darlik va Terkosda.

Ob-havo prognozlariga ko‘ra, Istanbulda yaqin o‘n kun ichida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 30 dan 32 darajagacha issiq bo‘ladi. Shahar hokimi Ekrem Imomo‘g‘li fuqarolarni suvni tejashga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring