Ispaniyadagi mushakbozlik raqqosaning o‘limi bilan yakunlandi

Ispaniyaning Las-Berlanas shahrida uyushtirilgan mushakbozlik fojea bilan yakuniga yetdi. Mushaklardan biri sahnada raqs tushayotgan raqqosaning qorniga tekkan va u vafot etdi.
Vafot etgan raqqosaning ismi Joana Sayns bo‘lgan. U ishtirok etgan raqqosalar guruhining sahna ko‘rinishlari yillar davomida mushakbozlik bilan o‘tkazilgan. Ammo 1 sentyabrga o‘tar kechasi fojea ro‘y berdi.
Shifokorlar yetib kelgan vaqtda Joana Sayns hali behush bo‘lgan, ammo o‘ziga kelmay vafot etdi. Tahminlarga ko‘ra, 30 yoshli raqqosaning o‘limiga sifatsiz va nosoz mushak sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter