Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya shahrida bepul uy-joy taklif etishdi

Ispaniya shahrida bepul uy-joy taklif etishdi

Foto: «Lenta.ru»

Ispaniyaning Teruel viloyati Griyegos shahri bepul uylar va ish joylarini taklif qildi. Shu tariqa hukumat bolali yosh oilalarni jalb qilish hamda mahalliy maktabni yopilishidan qutqarib qolishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda «The Olive Press» nashri.

Shahar hokimiyati 2021-yil iyun oyida «Bo‘sh Ispaniya» nomli loyihani boshladi. U oilalarga turar joy uchun uch oylik ijara haqini to‘lab berishni taklif qildi. Kelgusida yangi ko‘chib kelganlar har oy uy uchun 225 yevro to‘laydi. Har bir bola uchun ushbu qiymatdan 50 yevro ushlab qolinadi. Ishga joylashish borasida muhojirlarga masofadan ishlash yoki mahalliy Paladar de Aragon restoranida ish taklif qilishdi.

Ushbu tashabbus shahar meri o‘rinbosari Ernesto Agustiga tegishli. U aholining kirib kelishi shaharda depopulyasiya muammosini hal qilishni hamda o‘quvchilarning paydo bo‘lishi maktabni ish bilan ta’minlashini rejalashtirmoqda. Ta’lim jarayonini davom ettirish uchun muassasaga kamida 11 o‘quvchi qatnashi talab etiladi.

Griyegosda 138 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan, ulardan 9 nafari maktab yoshidagi bolalardir. Hukumatga ko‘chib o‘tish to‘g‘risida 3000 ga yaqin ariza kelib tushgan. Agustining so‘zlariga ko‘ra, xohlovchilar butun Ispaniyadan, shuningdek Lotin Amerikasi, Xorvatiya va Ruminiyadan yozishmoqda. Ayni paytda mahalliy kengash ko‘chib o‘tishga ruxsat beriladigan oilalar ro‘yxatini tuzish bilan mashg‘ul.

2021-yil may oyida Ispaniya «Siz o‘z uyingizga munosibsiz» (Te mereces tu propia casa) deb nomlangan uy-joylarni keng miqyosda sotishni e’lon qildi. Arzonroq ob’yektlarning aksariyati Valensiya, Murciya va Andalusiyada joylashgan. Hammasi bo‘lib 1,2 mingga yaqin uy 70 ming yevrogacha narxga sotilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring