Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom Karimovning birinchi matbuot kotibi og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda

Islom Karimovning birinchi matbuot kotibi og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda

Irismat Abduxoliqov oq ko‘ylakda

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov matbuot kotibi bo‘lib ishlagan Irismat Abduxoliqovning hayoti xavf ostida, deb yozdi taniqli jurnalist Rahimjon Sultonov.

Uning aytishicha, Abduxoliqov koronavirus bilan kasallanib, Qibray tumanidagi shifoxonasida davolanmoqda, ahvoli og‘ir. Avvaliga uni sog‘ayib qoldi deb uyiga jo‘natishgan, keyinroq Qibraydagi veteranlar reabilitatsiya markazida davolangan. U yerda ahvoli yomonlashgach, tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan.

«Irismat aka yotgan palata 3-qavatda bo‘lib, 5 yil oldin yangilangan lift ishlamayapti. 78 yoshli bemorni zinadan olib chiqishgan. Ovqatlari g‘arib, yana unga pul to‘lash kerak, dorilarni ham sotib olishi lozim», deb yozgan jurnalist.

Irismat Abduxoliqov sobiq ittifoq davrida «Vremya» dasturining maxsus muxbiri bo‘lgan. Avval Islom Karimov, keyin Vazirlar Mahkamasining matbuot kotibi bo‘lib ishlagan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida jurnalistika bo‘yicha katta o‘qituvchi sifatida ishlagan.

Ayni paytda O‘zbekiston milliy axborot agentligida ishlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring