Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom Karimov qarorgohini turistik ob’yektga aylantirish taklif qilindi

Islom Karimov qarorgohini turistik ob’yektga aylantirish taklif qilindi

«Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasida turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirokchilardan biri O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning «Oqsaroy» qarorgohini turistik ob’yektga aylantirish taklifini berdi. Bu haqda «Daryo» xabar qilmoqda.

«Bu taklifni o‘rganib chiqamiz. Birinchi Prezidentimizni buyuk siyosiy arbob va mustaqilligimizni ta’minlab bergan shaxs sifatida barcha hurmat qiladi. O‘ylashimcha, bu taklif juda to‘g‘ri. U yerda qandaydir cheklovlar bor ekanidan xabarim yo‘q edi. Buni, albatta, o‘rganib chiqamiz», — dedi Abduhakimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring