Islom Karimov bilan ko‘rishgan ilk legionerimiz
Farg‘onalik birinchi legioner voleybolchi Ahrorjon Sobirov bugungi kunda Germaniyaning Bisons Bühl voleybol jamoasining ishonchli o‘yinchisi hisoblanadi.
Bir paytlar unga birinchi prezident Islom Karimov ishonch bildirgan edi (suratda). Ahrorjon Sobirov markazda asosiy o‘yinchi bo‘lib o‘ynaydi. Hozir uning jamoasi musobaqa jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
U bir necha oy oldin jiddiy jarohat olgandi. Kechagina davolanib, yana safga qaytgan (suratda). Keyingi hafta muhim o‘yinda o‘ynaydi. Biz unga salomatlik va omad tilaymiz.
Ismi: Ahrorjon Sobirov
Jamoasi: Bisons Bühl
Raqami: 15
Millati: O‘zbek
Bo‘yi: 209 sm.
Vazni: 90 kg.
Sakray olishi: 365 sm.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter