Islom Karimov maktabda qanday o‘qigan? Birinchi prezident sinfdoshi xotiralari
Islom Karimovning bolalikdagi sinfdosh do‘sti Yuriy Belinko Birinchi prezidentni xotirladi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
«Islom Abdug‘aniyevich hamma uchun prezident edi, ammo men uchun yaqin do‘st edi. Biz u bilan 5-sinfdan boshlab bir sinfda o‘qidik. Maktabni bitirgach, Toshkentda tahsil olganimizda ham birga edik»,— deya xotirlaydi Belinko.
Belinko sinfdoshi bilan o‘rtasidagi rishtalarni hatto siyosat ham buzmaganini aytgan.
«Islom Abdug‘aniyevich bolaligimizda bu uyga ko‘p kelardi. Birga dars qilardik, bahslashardik. Men har doim texnika bilan ishlardim, uning uchun bu juda qiziq edi»,—deya qo‘shimcha qilgan Belinko.
Sinfdoshi birinchi prezident bilan bog‘liq suratlarni Karimov fondiga topshirganligini ma’lum qilgan.
«U bizning sinfga kelganida rus tilida gapirishga qiynalardi. Ikki yilning ichida u juda ko‘p o‘qidi va a’lochilar safiga kirib, tilini o‘zlashtirib oldi. Rus tilini yashi biladiganlar xato qilsa ham u xato qilmas edi»,— deydi u.
Aytib o‘tilishicha, ko‘pchilik Karimovning maktab kundaligi bilan qiziqadi, unda biror 4 baho ham yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter