Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishxonada koranavirusdan o‘lim holati bo‘lsa rahbarga chora ko‘riladimi?

Ishxonada koranavirusdan o‘lim holati bo‘lsa rahbarga chora ko‘riladimi?

Bu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob qaytardi.

«Bunday holatlarda, agar korxona tomonidan Sanitariya qoidalari ta’minlanmagan, deb gumon qilinsa rasmiy murojaat etilishi kerak.

SSV yoki viloyat, tuman miqyosida shu holatni to‘liq o‘rganuvchi ishchi guruh tashkil  etiladi. Ishchi guruh tomonidan chuqur epidemiologik kuzatuv olib boriladi va barcha tomondan kasallik keltirib chiqarilishiga sabab bo‘lgan omillar tahlil qilinadi.

Agarda korxonada Sanitariya epidemiologik me’yorlar va qoidalar talab darajasida tashkil etilmagani va ushlanmagani o‘z tasdiqlansa, albatta bu holat qonun doirasida yechim topadi», deya qayd etdi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring