Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishonchning bahosi qancha?

Ishonchning bahosi qancha?

Foto:«Xabar.uz»

Tadbirkorlik - tavakkalchilik. Bu jarayondagi munosabatlar ko‘p jihatdan ishonchga ham bog‘liq. Toshkentlik tadbirkor A.S.ning o‘zgaga bo‘lgan ishonchi sabab 850 million so‘mga chuv tushay dedi.

U YaTT U. M.ning bir MChJ orqali Rossiya Federatsiyasidan yog‘och-taxta mahsulotlarini olib kelib berish va’dasiga ishonib, shuncha pul bergandi. Biroq va’daga vafo bo‘lmadi. Ma’lum vaqt o‘tgach, tadbirkor angladiki, harakatga tushmasa bergan pulini tushida ham ko‘rmasligi mumkin.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari himoyasi yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkor A.S.ning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda uning vajlari tasdiqlandi. YaTT U.M jami 850 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlashtirganligi rost bo‘lib chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring