Iroqda Navro‘z bayrami vaqtida parom ag‘darilishi sabab 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
Iroqning Mosul shahrida, Tigr daryosini kechib o‘tish vaqtida 200 dan ziyod odam joylashgan parom ag‘darilib ketdi. Natijada 94 kishi halok bo‘lgan, 55 kishi qutqarilgan. Qurbonlarning 19 nafari bolalar, 64 nafari ayollar ekani ma’lum qilingan.
BBC ning yozishicha, hududda yangi yil festivali-Navro‘zni nishonlanayotgan bo‘lgan. Parom turistik orolni tomosha qilish uchun yo‘lga chiqqan bo‘lgan. Hodisada tirik qolgan yo‘lovchilarning birining aytishicha, parom odamning ko‘pligi tufayli ag‘darilib ketgan.
Iroq bosh vaziri Odil Abdul Mahdiy javobgarlarni aniqlash yuzasidan tergov o‘tkazishni buyurgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter