Iroq bosh vaziri unga suiqasd qilganlarni yaxshi bilishini aytdi
Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy mamlakat rasmiylariga yakshanbaga o‘tar kechasi unga suiqasd uyushtirganlarning ismlarini bilishini aytdi va ular yaqin orada qo‘lga olinishiga va’da berdi. Bu haqda TASS ma’lum qilmoqda.
«Kechagi jinoyatni sodir etganlar kuzatuvimiz ostida. Biz ularni juda yaxshi bilamiz va tez orada ularning ismlarini oshkor qilamiz. Bular mamlakatimizni bezorilar davlatiga aylantirmoqchi bo‘lganlar, lekin biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz», — deya bosh vazir devoni o‘zining Tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Al-Kozimiyning ta’kidlashicha, Iroqda mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar va korrupsiyaga qarshi kurashdan norozi bo‘lgan muayyan kuchlar bor.
«Biz mamlakatning mintaqaviy urushga kirishiga yo‘l qo‘ymadik va uning xavfsizligini ta’minlay oldik. Korrupsionerlarga qarshi murosasiz kurashni davom ettiramiz va ularning hech biri jazodan qochib qutula olmaydi», — degan vazirlar mahkamasi rahbari.
Avvalroq, Iroq bosh vaziriga dron bilan suiqasd uyushtirilgani haqida xabar bergandik.
Hodisa oqibatida bosh vazirga hech qanday zarar yetmagan. Hujum oqibatida bosh vazirning uch nafar qo‘riqchisi yaralangan. AQSh elchixonasi va boshqa diplomatik missiyalar joylashgan Yashil hududda hujum paytida «kuchli otishma bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter