Iqlim o‘zgarishlari bu mahsulotlarga jiddiy xavf solmoqda: uzum, banan, qahva...

Global isish va iqlim o‘zgarishlari qishloq xo‘jaligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Olimlarning hisob-kitoblari asosida «Unian» portali yaqin 50-100 yilda butunlay yo‘q bo‘lib ketishga nomzod ekinlar ro‘yxatini keltirdi.
Vinobop uzum
2070-yilga borib vino ishlab chiqarish 85 foizga kamayadi. Vinobop uzumning 12 xil navi bor, ammo havoning isibketishi bu uzum turlarini yetishtirish imkonini yo‘qqa chiqaradi.
Avokado
Bir kilogramm avokado yetishtirish uchun 270 litr suv kerak, bu muammo hozirdan sezilmoqda. Ellik yildan so‘ng, suv muammosi yanada keskinlashgach, avokado yetishtirish o‘ta serchiqim mashg‘ulotga aylanadi.
Meva va rezavorlar
Havo haroratining keskin o‘zgarishlari mevali daraxtlar va rezavorlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Masalan, 2017-yili rezavorlarning 80 foiz hosili sovuq urishidan nobud bo‘lgan. Muammo keskinlashib boryapti.
Qahva
2080-yilda qahva nimaligini insoniyat butunlay unutib yuborishi mumkin. Iqlim o‘zgarishlari shunchalikki, yana 30 yildan so‘ng qahva plantatsiyalari maydoni teng yarmiga qisqarib ketishi mumkin.
Banan
Banan yaxshi yetilishi uchun tinimsiz sug‘orib turish kerak. Xuddi yuqoridagi kabi muammo — suv taqchilligi bananlarni tansiq mahsulotga aylantirib qo‘yishi katta ehtimol bilan haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi. Shu ketishda eng ko‘p tarqagan banan navi — kavendish yana bir necha o‘n yildan so‘ng qishloq xo‘jaligi ekinlari ro‘yxatidan butunlay o‘chirib tashlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter