iPhone 17 turkumining dizayni va o‘lchamlari ochiqlandi

Taniqli insayder Sonni Dikson iPhone 17 smartfonining barcha maketlari fotosuratlarini, ularning o‘lchamlarini ko‘rsatgan holda, X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi. Bu haqda Rozetked xabar berdi.
Har bir maketning ort qismida o‘lchami ko‘rsatilgan:
- iPhone 17 — 149,6x71,4x7,9 mm;
- iPhone 17 Air — 156,1x74,7x5,6 mm;
- iPhone 17 Pro — 149,6x71,4x8,7 mm;
- iPhone 17 Pro Max — 163x77,5x8,7 mm.
Ko‘rinib turibdiki, asosiy iPhone 17 ni hisobga olmaganda, barcha smartfonlar yangilangan dizaynda chiqariladi.
Apple kompaniyasi iPhone 17 turkumi taqdimotini 2025-yil kuzida o‘tkazishni rejalashtirgan. Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfonlarga modeliga qarab Apple A19 va A19 Pro flagman protsessorlari, bittalik (iPhone 17 Air), ikkitalik (iPhone 17) va uchtalik (iPhone 17 Pro) kameralar o‘rnatiladi. Katta modellarning barcha kameralari 48 Mp sensorlarga ega bo‘ladi. Turkumning eng yupqa smartfoni — iPhone 17 Air monodinamikli bo‘lishi taxmin qilinyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter