Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iordaniya ham Shimoliy Koreya bilan aloqalarni uzmoqda

Iordaniya ham Shimoliy Koreya bilan aloqalarni uzmoqda

Foto: «Armyane Mira»

Iordaniya o‘z elchisining Shimoliy Koreyada akkreditatsiyadan o‘tishini bekor qilishga qaror qildi. O‘z navbatida, Shimoliy Koreya elchisi ham Iordaniyada akkreditatsiyadan o‘tkazilmaydi. Iordaniya qiroli Abdulla II shunday farmon bergan.

Hukumat vakillarining izoh berishlaricha, «Iordaniya o‘z hamkor va ittifoqchilari kabi» yo‘l tutmoqda. Chunki Kuvayt, Qatar, BAA va AQShning mintaqadagi boshqa yaqin hamkorlari rasmiy Pxenyan bilan allaqachon diplomatik aloqalarni uzishgan.

Bu qarorga kelinishga BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreyaning yadro dasturi masalasi bo‘yicha qabul qilgan rezolyusiyasi sabab bo‘ldi. O‘tgan yilning avgust oyida qabul qilingan rezolyusiyaga binoan joriy etiladigan sanksiyalar natijasida Shimoliy Koreya o‘z eksportidan oladigan daromadning uchdan bir qismidan (3 mlrd. dollar) mahrum bo‘ladi.

O‘tgan yilning 11-sentabrida BMT Xavfsizlik kengashi yangi sanksiyalarni tasdiqladi, ammo bunga Tramp ma’muriyati taklif etgan keskin choralar kiritilmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring