Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

Investitsiya — bu foyda olish maqsadida mablag‘larni turli sohalarga yoki loyihalarga yo‘naltirishdir. Boshqacha qilib aytganda, investitsiya — bu pulning siz uchun ishlashi va yanada ko‘proq pul topish jarayonidir. Investor esa daromad olish uchun mablag‘larni investitsiya qiluvchi shaxs (yoki tashkilot). Har bir inson, daromad darajasi yoki maxsus iqtisodiy ma’lumotidan qat’i nazar, xususiy investor bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, investitsiya oddiy insonga nima beradi?

Moliyaviy xavfsizlik yostig‘ini yaratish – bu kutilmagan hayotiy vaziyatlar (kasallik, ishdan bo‘shash, ta’mirlash ishlari, boshqa shaharga shoshilinch ko‘chish va hokazo) yuzaga kelganda foydalaniladigan pul zaxirasi hisoblanadi. Bunday vaziyatlar to‘satdan yuzaga kelib, moliyaviy barqarorligingizga putur yetkazishi mumkin. Bu zaxira miqdori har bir kishining ehtiyojlari va xarajatlari turlicha bo‘lgani sababli individualdir, ammo o‘rtacha hisobda, muntazam daromad manbai yo‘qolgan taqdirda, bunday zaxira 6-9 oyga yetishi kerak.

Moliyaviy ta’minotni oshirish. Ma’lumki, pulingiz qancha ko‘p bo‘lmasin, har doim yana ozgina ko‘proq kerak bo‘ladi, chunki daromad oshgani sayin ehtiyojlar ham odatda o‘sib boradi. Har bir inson munosib va farovon hayotga intiladi. Investitsiyalar qimmatli ko‘nikmalarni, ya’ni, har qanday daromadni to‘g‘ri boshqarish va kapitalni ko‘paytirishning qo‘shimcha manbalarini yaratishga yordam beradi

Bundan tashqari, investitsiyalar katta maqsadlarga erishishga yordam beradi – uy-joy, bolalar ta’limi, sayohatlar uchun pul yig‘ish yoki o‘z biznesini boshlash. Bu kelajakni rejalashtirishning bir usuli, shunchaki omadga umid qilish emas. Shuningdek, muntazam investitsiyalar intizomni shakllantirishi muhim: inson daromadining bir qismini tejashni va uni foydali hamda daromadli maqsadlarga yo‘naltirishni o‘rganadi.

Yana bir afzallik – bu mustaqillik. Agar qo‘shimcha daromad manbalari mavjud bo‘lsa, bitta ishga yoki boshqa odamlarga qaramlik kamayadi. Investitsiyalar shaxsiy erkinlik, ishonch va ertangi kunga xotirjamlik uchun asos bo‘lishi mumkin.

Ilgari investitsiya murakkab va faqat professionallar uchun qulay tuyulardi. Bugun esa hammasi boshqacha. Zamonaviy platformalar hatto kichik summada ham boshlash imkonini beradi, shaffoflik va texnologiyalar esa jarayonni qulay va tushunarli qiladi. Asosiysi – ishonchli hamkorni tanlash.

Shunday platformalardan biri bu – Way II. Bu investitsiyani hammabop va shaffof qilish maqsadida yaratilgan investitsiya platformasidir. Way II yordamida siz Akfa Aluminium Group kabi yirik va daromadli kompaniyalarga sarmoya kiritishingiz va yiliga 2 marotaba 10-15 foizlik daromadni, kurs farqi yo‘qotishlarisiz olishingiz mumkin. Bunda barcha investitsiyalar islom moliyasi tamoyillariga muvofiq bo‘lib, axloqiy va sinovdan o‘tgan moliyani qadrlaydiganlar uchun ayniqsa jozibador qiladi.

Investitsiyalarni Way Invest mobil ilovasi orqali boshqarish qulay, u yerda siz daromadni kuzatishingiz va barcha muhim yangiliklarni bir joydan olishingiz mumkin. Minimal investitsiya miqdori 1100$ bo‘lgan «Standard» investitsiya paketi orqali moliyani nazorat qilishni va o‘z kelajagini bugundan boshlab qurishni istagan har bir kishi uchun bu yo‘l ochiqdir.

Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1-uy

Telefon: (+998) 78−555−55−55

Saytwaygroup.uz

Instagram@way_ll_group

Facebook@Way ll Group

Telegram@wayllgroup

Twitter@way_ll_group

LinkedIn@wayllgroup

YouTube@Way_ll_Group

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring