Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internetda qimor uchun javobgarlik belgilanmoqda

Internetda qimor uchun javobgarlik belgilanmoqda

Internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.

Deputatlar ko‘rib chiqayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksida quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:

  • Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish, o‘tkazish yoki ularda ishtirok etish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari yoxud Internet jahon axborot tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa ko‘paytirish, uni ko‘paytirish, tarqatish: — BHMning ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi;
  • qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa: — BHMning to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

 Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra:

  • qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish: — qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga BHMning yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa – ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: ushbu o‘yinlar, ayniqsa, «onlayn» qimor bilan bog‘liq jinoyatlar 2019 yilda 55 ta, 2020 yilda 86 ta, 2021 yilda 103 ta, 2022 yilning 6 oyida 90 tani tashkil etgan.

Mutaxassislarning bildirishicha, bunday o‘yinlar insonda qaramlikni vujudga keltirib, katta miqdordagi pul mablag‘lari sarflashiga va ayrim fuqarolarning o‘z joniga qasd qilish, firibgarlik, budjet mablag‘larni talon-toroj qilish kabi harkatlar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq «Onlayn qimor»da yutqazganligi sababli 2021 yilda 6 nafar va 2022 yilning 6 oyida 6 nafar fuqaro o‘z joniga qasd qilib, vafot etgani xabar qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring