Inspeksiyaga xo‘jalik sub’yektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashish qat’iyan taqiqlandi

«Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini (Inspeksiya) mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida shakllantirish;
- qurilish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish hamda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida nazorat funksiyalarini to‘liq raqamlashtirish;
- xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi mexanizmlarini shakllantirish.
2025-yil 1-maydan:
- tadbirkor va qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari o‘rtasida shartnoma tuzilgan bo‘lsa, tadbirkorlarning qurilish obyektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlari shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi va «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi;
- Inspeksiyaga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashish qat’iyan taqiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter