Inson ta’sirida global isish rekord darajaga chiqdi
Britaniyaning Lids universiteti olimlari 2023-yilda antropogen (inson ta’sirida) global isish rekord darajaga chiqqanini aniqlashdi.
Tahlillarga ko‘ra, 2023-yilda inson faoliyati oqibatida iqlim isishi 1,3°C ni tashkil etgan; umumiy isish hajmi esa yiliga 1,43°C ga oshgan — bunda El-Nino iqlimiy fenomeni va boshqa tabiiy omillar ta’siri bo‘lgan.
Antropogen isish misli ko‘rilmagan darajada tezlashib bormoqda, uning tezligi so‘nggi o‘n yillikda (2014–2023-yillar) taxminan 0,26°C ga yetgan.
Iqlim tez isishiga o‘ta yuqori hajmdagi issiqxona gazlari (yiliga 53 mlrd tonna CO2 ekvivalentida) chiqarilayotgani asosiy sababdir. Universitet taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, qolgan uglerod balansi atigi 200 mlrd tonnani tashkil etmoqda, ya’ni dunyo sanoat davrigacha bo‘lgan darajadan 1,5°C yuqori global isish bilan to‘qnashishi uchun besh yil qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter