Inha universiteti va Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi memorandum imzoladi
Toshkent shahridagi Inha universiteti va «Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi» DUK o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu Memorandumning asosiy maqsadi tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, anjumanlar, seminarlar, akademik mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish, talabalarni o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish, AKT sohasida eng yaxshi xalqaro tajribani joriy etish, mazkur sohada kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, universitet bitiruvchilarining keyingi amaliyotiga ko‘maklashish hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter