Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etilmoqda

«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etilmoqda

Respublika Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz birinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan «Imom Buxoriy» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.

Ta’kidlanishicha, mazkur orden ikki darajadan iborat bo‘ladi: «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni hamda «Imom Buxoriy» ordeni.

«Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti, «Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlangan shaxslar esa bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring