Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask va Pavel Durov muhim kelishuvga erishdi

Ilon Mask va Pavel Durov muhim kelishuvga erishdi

Ilon Mask va Pavel Durov sun’iy intellekt Grok’ni Telegram mesayenjeriga integratsiya qilishga kelishib oldilar. 

Mask sun’iy intellektini Telegram ilovalariga joylashtiriladigan hamkorlik haqida messenjer asoschisi Durov ma’lum qildi. 

 "Bu yil yozda Telegram foydalanuvchilari bozordagi eng yaxshi sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi", deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida va Telegram kanalida. 

Durovning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlik shartnomasi bir yil muddatga tuzilgan. 

Mart oyining oxiridan boshlab Grok chatbotidan Telegram foydalanuvchilari premium obunasi bilan foydalanishlari mumkin. 

Durov o‘z postiga hamrohlik qilgan videodan ma’lum bo‘lishicha, endi messenjerning barcha foydalanuvchilari Grok’dan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. U, jumladan, qidiruv, guruhlarni boshqarish va faktlarni tekshirish uchun ishlatilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring