Ilon Mask bir legionga teng Optimus robotlari chiqarilishini e’lon qildi

Tesla korporatsiyasi bosh direktori Ilon Mask 2025-yil yakuniga qadar besh ming dona Optimus roboti ishlab chiqarilishini e’lon qildi.
Mask kompaniyaning choraklik natijalarini taqdimot qilarkan, agarda Tesla rejalashtirilgan 10 mingta robotning yarmini ishlab chiqarsa ham ulkan yutuq hisoblanishini bildirdi. Hatto besh mingta robot ham Rim legioniga teng — uning askarlari soni turli davrlarda ikki ming nafardan 10 minggacha bo‘lgan, dedi u.
«Biz tom ma’noda legion yaratamiz: bu yil kamida bitta legionga teng robotlar, kelgusi yili esa 10 ta legion paydo bo‘lishi mumkin», — dedi Mask.
Uning ta’kidlashicha, robotlar ishlab chiqarish Tesla uchun mutlaqo yangi faoliyat yo‘nalishi, shu bois kompaniya ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi ehtimoldan xoli emas. Shunga qaramasdan, bu robotlar Tesla uchun eng istiqbolli aktivlardan sanaladi, odamsimon intellektual robotlarning ahamiyati, ular bajaradigan vazifalarga hozirdan baho berish qiyin.
Mask 15-mart kuni bergan bayonotida 2026-yili Optimus roboti fazoviy kemada Marsga jo‘natilishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter