Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollaridan ayrildi
«SpaceX» kompaniyasining asoschisi, «Tesla» bosh direktori Ilon Mask o‘tgan bir kecha-kunduzda $16,5 mlrd yo‘qotib, sayyoramizning eng boy odamlari reytingida sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi. Bu haqda milliarderlarning real vaqt tartibida mol-mulkini baholovchi «Forbes Real-Time»ning 9-sentyabr kungi reytingi ma’lumotlari dalolat bermoqda.
Kuni kecha savdoda «Tesla» aksiyalari qiymatining beshdan bir qismini yo‘qotdi. Nyu-York fond birjasi yopilishida ular 21,06% — $330,21 ga arzonlashgan.
Analitiklarning fikricha, ishlab chiqaruvchi aksiyalari qiymatining pasayishi asossiz keskin ko‘tarilish bilan bog‘liq «pufak»ning shakllanishi hamda o‘tgan hafta «Tesla»ning S&P 500 keng bozori indeksiga tushmaganligi ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, 8-sentyabr kuni «Nikola» va «GM» kompaniyalari «Badger» elektr yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun birlashganini e’lon qilishdi. U «Tesla»ga qarashli «Cybertruck»ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri potensial raqobatchisi hisoblanadi.
Seshanba kuni «Forbes» talqiniga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Mask 68 mlrd dollar bilan yettinchi pog‘onani egallagandi. Endi uning mol-mulki taxminan 36 mlrd dollarga baholanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter