Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilm va muhandislik ishlanmalari birlashgan nuqta: top 5 ta ishlanma

Ilm va muhandislik ishlanmalari birlashgan nuqta: top 5 ta ishlanma

15-16-17-aprel kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hamda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati hamkorligida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tashkil etildi. Unda soha vakillari hamda eng muhimi iqtidorli yoshlar, shuningdek adrenalinga boy sport turlari qiziquvchilari qatnashmoqda. Festival doirasida dronlar poygasi (Drone Racing), “havo jangi”, robototexnika bo‘yicha bellashuvlar, shuningdek, startaplar, amaliy loyihalar, tanlovlar va xakatonlar tashkil etilmoqda.

Festival doirasida “Zakovat” binosida o‘rin olgan muhandislar ishlanmalari mehmonlarning diqqatini tortmoqda. Biz ulardan bir nechtasini sanab o‘tamiz.

Xitoydan 4 barobarga arzon “mashina”

 “Kelajak X” nomli korxona rahbari Elyorbek Sunnatov va uning jamoasi tomonidan yaratilgan ishlanma milliy mahsulotlarimizning dunyo bozoroga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

“Ma’lumki, bizning chinnilarimizning eksport bo‘lishi qiyin. Chunki undagi chiziqlar qo‘l mehnati orqali qilingani uchun har doim ham bir chiziqqa ega emas. Biz yaratgan texnologiya esa bir maromda xatosiz chizadi. Shuningdek, 23 soat ishlash potensialiga ega. Biz ishlab chiqarayotgan ushbu texnologiyaning Xitoydagi narxi 50 mln. Buyurtma asosida 12–14 mln qilib beryapmiz. Bunday narx tadbirkorga bitta emas, 5 ta apparat sotib olish imkonini beradi. Qolaversa, 5 ta apparat 5 ta ish o‘rni yaratildi, degani. Ishlab chiqarish hajmi ham sezilarli darajada oshadi. Bunday texnologiyalar tadbirkorlarning o‘z mahsulotini ko‘proq ishlab chiqarish va yurtimizning mahsulot yaratish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi” deydi u.

Kuniga 10 mingtadan ziyod idish yuvadigan “apparat”

Bundan tashqari Elyorbek Sunnatov tomonidan taqdim etilgan ishlanmalar orasida idish-tovoq yuvish uchun mo‘ljallangan qurilmani ham ko‘rdik.  To‘g‘ri, idish yuvadigan mashina yangilik emas. Lekin bu  qurilma orqali bir kunda 10 mingtadan ziyod idishlarni yuvish mumkin. Jumladan  odam gavjum yig‘iladigan ovqatlanish shahobchalarida yuvuqsiz idish-tovoqlar haddan ziyod ko‘p to‘planadi. Ularni yuvish uchun esa katta "armiya" biriktirilishi lozim. Shunday paytda bunday qurilmaga talab ortadi.

  - Bunday ishlanmani yasash fikri bir voqeadan so‘ng jonlangan. Xabaringiz bo‘lsa, chinni ishlab chiqarish sexlarida idishlarga zar berish uchun o‘choq (pech) ichiga pishirish uchun solinadi. Undan idishlar loy bo‘lgan holatda chiqariladi. Shu loyni ikkita ayol yuvganidan qo‘llarib ko‘karib ketganini ko‘rgandim. Ularning mehnatlarini yengillashtirish maqsadida bu qurilmani yasashga kirishdim, deydi Elyorbek. Bugungi festivalda ishlanmalarimga ko‘pchilik qiziqish bildirmoqda. Buyurtmalar ham olishga erishdik.

Endi urug‘lar 1 kunda unib chiqadi!

"Kelajak muhandislari" xalqaro festivali doirasida 14 yoshli maktab o‘quvchisining yaratgan innovatsion issiqxonasi barchani hayratga soldi!

Ushbu yosh ixtirochi qizning loyihasi natijasida endi urug‘lar bir kunda unsa, ajab emas. Bundan ham ta’sirli jihati — bu ishlanmadan allaqachon ikki nafar fermer amaliy foydalanib, yangidan-yangi buyurtmalar kela boshlagani.

Har bir qadam– energiya!

Texnika va Milliy universiteti hamda Toshkentdagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan yangicha yondashuvdagi loyiha yaratildi.

Gap shundaki, ular ishlab chiqqan maxsus kafel harakat (yurish) bosimi orqali elektr energiyasi va kislorod ishlab chiqaradi. Loyiha mualliflaridan biriga ko‘ra, ushbu vosita quyosh panellaridan arzon bo‘ladi.

Talaba va o‘quvchilar uchun mini nashriyot

Ta’lim muassasalarida doimo turli hujjatlar chop qilishga zarurat tug‘iladi. Shu kabi ehtiyojni o‘rgangan holda Nukus Texnoparki vakillari tomonidan "Fresh print" aparati ishlab chiqildi.

Ushbu texnologiya kichik qurilma bo‘lib, u orqali 24/7 ravishta turli adabiyotlar chop etish, musxa ko‘chirish va skanerlash imkoni mavjud.

Eng asosiysi, turli dasturlar orqali to‘lov qilish imkoni mavjud va ushbu qurilma yaqin kunlarda 10 ta OTMga o‘rnatiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring