Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilhomjon Boltaboyev O‘zbekistonda yagona mobil ilovani ishga tushirdi

O‘zbekistonlik yosh mutaxassis Ilhomjon Boltaboyev tibbiyot sohasida yangi bo‘lgan innovatsion mobil ilovani ishlab chiqdi. Mobil ilova Gematologiya va qon quyish markazi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, ilova orqali Respublikadagi yagona donorlik markazi shakllantiriladi. Bu esa o‘z navbatida shifoxonalar va tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlari faoliyatini mukammallashtirishga, donorlik navbatlari sonini qisqartirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan startap loyihalar tanlovida g‘olib bo‘lgan qahramonimizga vazirlik tomonidan o‘z startapini amalga oshirishi uchun 37,5 mln so‘m ajratildi.

Tibbiyot sohasini elektronlashtirish va unda raqamli yechimlarni taklif qilish Gematologiya va qon quyish masalasi bo‘yicha respublikada yagona donor markazini shakllantirish bo‘yicha mobil ilova loyihasi bilan yosh iqtidor egasi Urban tech respublika xakatonida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

«Hozirgi kunda Respublikamizda IT sohasi rivoji uchun yoshlarga ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda, bolaligimni eslar ekanman, o‘sha paytlarda hattoki IT mutaxassisi terminining o‘zi ham bizga notanish edi. Yoshlarga yaratib berilayotgan bunday yuksak imkoniyatlardan faqatgina unumli foydalanishimiz kerak», – deydi qahramonimiz Ilhomjon Boltaboyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring