Ikrom Aliboyev gol urgan o‘yinda «Seul» g‘alaba qozondi
Janubiy Koreya chempionatida 12-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Hamyurtimiz Ikrom Aliboyev to‘p surayotgan «Seul» klubi mazkur tur doirasida mehmonda «Gvangju Sangmu» klubiga qarshi to‘p surdi. Bu haqda «Uff.uz» xabar berib o‘tdi.
Uchrashuv 1:3 hisobida «Seul» klubining g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi shundaki, bahsning 42-daqiqasida Ikrom Aliboyev gol kiritishning uddasidan chiqdi va «Seul»ning muhim uch ochkosiga o‘z hissasini qo‘shdi. 90+2-daqiqaga kelib esa murabbiylar shtabi Aliboyevni zaxiraga olishga qaror qilishdi.
K-liga
12-tur
«Gvangju Sangmu» - «Seul» - 1:3
Gollar: Park Yong-Ji (24) – A. Pesich (19, 68), Ikrom Aliboyev (42)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter