Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita hududda juda ko‘p koronavirus holati aniqlandi

Ikkita hududda juda ko‘p koronavirus holati aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 3-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9199 (+121) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 48 nafari Toshkent shahrida (shundan 32 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6034 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3138 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring