Ikki yil ichida uch mingga yaqin mikro GES quriladi

Joriy yilning 28-mart kuni imzolangan Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekistonda keyingi ikki yil ichida uch mingga yaqin mikro gidroelektr stansiyalar quriladi.
Ushbu mikro GESlarning eng ko‘pi Andijon viloyatida (763), eng kami esa Toshkent shahrida quriladi. Mikro GESlar qurib bitkazilgach, 280 ming aholi elektr bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, 1200 taga yaqin vaqtinchalik, 520 ta doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.
Mikro GESlar tayyor biznes-loyiha sifatida quyidagi tartibda sotiladi:
• asosiy mezoni bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddatini qisqartirish hisoblangan onlayn auksion savdolari asosida mikro GESlar tadbirkorlik sub’yektlariga realizatsiya qilinadi;
• boshlang‘ich badal qiymatning 30 foizini tashkil etadi, qolgan 70 foizini boshlang‘ich muddati 60 oy bo‘lgan davr mobaynida to‘lanadi;
• auksion savdolarini o‘tkazish reglamenti Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Energetika vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter