Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki oy ichida Afg‘onistonga 550 million dollardan ortiq naqd pul yetkazildi

Ikki oy ichida Afg‘onistonga 550 million dollardan ortiq naqd pul yetkazildi

Tolibon nazorati ostidagi Afg‘oniston Markaziy banki so‘nggi ikki kun ichida (7 va 8 noyabr kunlari) Afg‘onistonga 40 million dollarlik ikki paket naqd pul kelib, xususiy bankka yetkazilganini ma’lum qildi.

Yangi paketlar kelishi bilan joriy yilning 29 avgustidan 8 noyabrigacha Afg‘onistonga kelgan naqd pulning umumiy miqdori bor-yo‘g‘i 10 hafta ichida 560 million dollarga yetdi.

Afg‘oniston Markaziy bankining (Da Afgʻoniston Banki) Twitter’dagi e’loniga ko‘ra, quyidagi kunlarda atigi 14 ta paket 40 million dollar miqdorida pul Kobulga yetib kelgan va xususiy bankka topshirilgan.

Afg‘onistonda Tolibon nazoratni qo‘lga kiritilgach, ko‘p sonli naqd paketlar Afg‘onistonga yetib bordi va xususiy bank hisoblangan «Afg‘oniston xalqaro banki»ga yetkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu pul paketlarining summasi taxminan 1 milliard 600 million dollarga yetadi.

Rasmiylarning aytishicha, bu pul paketlari Afg‘onistonga insonparvarlik yordami doirasida berilgan.

Ammo ba’zilar Tolibonning bu pulga ega bo‘lishi va uni o‘z kuchlarni kuchaytirishda ishlatishidan xavotir bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring