Ikki ming yil muqaddam foydalanilgan «zamonaviy» suv filtrlari topildi
Taxminan ikki ming yil muqaddam yashagan mayya hindulari suvni filtrlovchi murakkab tizimdan foydalanishgan. Ular filtrni yaratishda foydalangan usul bugungi kunda ham qo‘llanilmoqda. Olimlar Gvatemalada mayyalarning tashlandiq Tikal shahrida tadqiqot o‘tkazayotgan vaqtda buni kashf etishdi, deya xabar berdi «Scientific Reports».
Olimlar shahardagi ichimlik suvi omborini ko‘zdan kechirishdi. Buni qarangki, mayyalar suvdagi og‘ir metall va boshqa toksik moddalarni tozalash usulini bilishgan. Ular kristall kvars va seolitli tufdan filtrlar yaratishgan. Ushbu modda suvni yaxshi o‘tkazgani bilan, yot jismlarni o‘zida ushlab qoladi.
Olimlarning qayd etishicha, ushbu minerallar Tikal shahrida qazib olinmagan. Aholi ularni shahardan 24 kilometr uzoqlikda joylashgan tog‘li hududlardan olib kelishga majbur bo‘lishgan.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, kvars va seolit hozirgi kunda ham suvni tozalashda qo‘llaniladi. Ikki ming yil muqaddam yaratilgan filtrlash tizimi esa hali ham foydalanish uchun aroqli. Olimlarning fikricha, ichimlik suvini tozalash va saqlash mayyalar uchun nihoyatda muhim bo‘lgan — ular yilning aksar qismida suv topish qiyin bo‘lgan joylarda kun kechirishgan.
Biroq ba’zida o‘zlari istamagan holda suv sifatini yomonlashtirgan ko‘rinadi. Chunki ko‘pgina suv omborlarida simob borligi aniqlandi. Ular u yerga shahar ob’yektlarini bo‘yashda keng ishlatilgan kinovar bo‘yoqlaridan tushgan bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter