Ikki gektar yerni 800 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
30-mart kuni fuqaro E.N. «O‘rol» ismli shaxs boshqa bir fuqaroga Bektemir tumanida joylashgan ta’qiqda bo‘lgan issiqxona uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini har bir sotixini 4.000 AQSh dollaridan jami 800.000 AQSh dollariga sotishi aytgan.
U yer maydoniga qo‘yilgan ta’qiqni tegishli organlar orqali yechib, kelgusida qurilish ishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishga va’da bergani va oldindan 80.000 AQSh dollari berishini talab qilgani aytilgan.
Mazkur murojaatga asosan Bosh prokuratura, IIV, DXX hamda IJQK Departamenti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yunusobod tumanidagi Kardiologiya markazi oldida Ch.O‘. arizachi E.N.dan 80.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter