Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayol kishining ko‘chaga chiqish odoblari» videosini chiqargan ikki bloger jarimaga tortildi

«Ayol kishining ko‘chaga chiqish odoblari» videosini chiqargan ikki bloger jarimaga tortildi

Joriy yilning yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan X.D. va 1989 yilda tug‘ilgan I.O.lar tomonidan «ayol kishining ko‘chaga chiqish odoblari» nomli videolavha tarqatilib, unda bu shaxslar diniy mazmunda ayollarning ko‘chaga chiqishga oid turli nomaqbul cheklovlarini bayon qilganlari aks etgan, deyiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabarida.

Holatni o‘rganish maqsadida X.D. va I.O.lar joriy yilning 26 yanvar kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani IIO FMBga taklif etilgan.

O‘tkazilgan suhbat davomida ayollarning ko‘chaga chiqqanida o‘zlarini qanday tutishi, odobi, begona shaxslar bilan qanday munosabatda bo‘lishlari haqida o‘z tashabbuslariga ko‘ra shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda munosabat bildirganliklari ma’lum bo‘lgan.

Shu munosabat bilan, ushbu fuqarolar MJtKning 184-2-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)ga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring