Ijaraga berilgan yerni 53 ming dollarga sotayotgan piskentlik fermer qo‘lga tushdi
Toshkent viloyati IIBB Korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurash bo‘linmasi hamda hamda Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Nurafshon shahrida nazorat-reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida fuqaro E.Q. (fermer xo‘jaligi rahbari) Piskent tumani hokimligi tomonidan ijaraga berilgan, tumanning «O‘zbekiston» massividagi 6 gektar yer maydonini hujjatlashtirib berishni 53 ming AQSh dollariga kelishib, arizachidan boshlang‘ich badal sifatida talab qilgan 5 300 AQSh dollarining 5 ming dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, «O‘zbekiston» massividagi 24 gektar yer maydoni fuqaroga fermer xo‘jaligi bilan shug‘ullanish uchun 50 yilga ijaraga berilgan bo‘lgan.
Holat yuzasidan fuqaro E.Q. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi va 28-211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter